Maxfiylik siyosati
AL XUDOYOROV ilovalari (telefon ilovasi, kompyuter terminali, alxudoyorov.uz/app, /kabinet, /terminal) · Kuchga kirgan sana: 04.11.2026 · Yangilangan: 12.11.2026
Hozirgi namuna versiyasi
Ilovalar namuna rejimida ishlaydi: hisoblar simulyatsiya. Biz hech qanday shaxsiy ma'lumot yig'maymiz. Savdolar, sozlamalar va chizmalar faqat sizning qurilmangizda (brauzer xotirasi — localStorage) saqlanadi va «Namunani qayta tiklash» orqali o'chiriladi.
Narx serveri
Narxlarni olish uchun ilovalar bizning narx serverimizga (kabinet.alxudoyorov.uz, Toshkentdagi server; ulanish Cloudflare himoya tarmog'i orqali o'tadi) ulanadi. Bu ulanishda faqat qaysi instrumentlar narxi kerakligi yuboriladi — shaxsiy ma'lumot, savdolar va sozlamalar yuborilmaydi. Xavfsizlik va nosozliklarni aniqlash uchun server texnik jurnalida IP manzil, ulanish vaqti va brauzer/ilova turi cheklangan muddat saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Ulanish bo'lmasa, ilova namuna narxlar bilan ishlashda davom etadi.
Ruxsatlar
- Bildirishnomalar — faqat siz yoqsangiz, SL/TP, order va signal haqida.
- Tebranish — savdo tasdig'i uchun.
- Fayl tanlash (kompyuter) — faqat siz tanlagan faylga sozlamalarni saqlash va yuklash uchun.
Kelajakdagi versiya
Ro'yxatdan o'tish, MyID va to'lovlar ishga tushganda shaxsiy ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga (27¹-modda) muvofiq O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi. Bu siyosat oldindan yangilanadi; akkauntni ilova ichida va saytda o'chirish imkoni beriladi.
Savdo ma'lumotlaridan foydalanish
Mukofot faqat simulyatsiya hisobidagi natijalar asosida hisoblanadi. Kompaniya o'z qaroriga ko'ra va o'z hisobidan savdo ma'lumotlaridan (orderlar, pozitsiyalar, natijalar — ism, telefon, hujjat kabi shaxsiy ma'lumotlarsiz) o'z risklarini boshqarish va ichki tahlil uchun foydalanishi mumkin. Bu mukofot miqdoriga va hisob shartlariga ta'sir qilmaydi. Savdo ma'lumotlari uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
Ma'lumotlar operatori va aloqa
"ALXUDOYOROV" MChJ · STIR 313 472 158 · Xorazm viloyati, Urganch tumani, Boqaylar MFY, Murodbaxsh ko'chasi, 8-uy · [email protected] · +998 94 466 10 18
Privacy policy
The current AL XUDOYOROV apps are a demo: accounts are simulated. We collect no personal data; trades, settings and drawings stay on your device (localStorage). To receive prices, the apps connect to our price server (kabinet.alxudoyorov.uz, hosted in Tashkent, via the Cloudflare network); only the list of requested instruments is sent — no personal data, trades or settings. For security and troubleshooting, the server's technical logs keep the IP address, connection time and browser/app type for a limited period and never share them with third parties. Without a connection the app keeps working with demo prices. Notifications and vibration are used only if you enable them. Rewards are calculated solely from simulated results; the company may, at its own discretion and expense, use trading data (orders, positions, results — without personal identifiers) for its own risk management and internal analysis. This does not affect reward amounts or account terms, and trading data is never sold to third parties. Contact: [email protected]
Data controller: ALXUDOYOROV LLC (TIN 313 472 158), 8 Murodbaxsh St., Boqaylar MCA, Urgench District, Khorezm Region, Uzbekistan · [email protected]